menu
Rossiya sohasi bo‘yicha ishlamaydigan migrantlarni mamlakatdan chiqarib yubormoqchi
Rossiya Mehnat vazirligi mehnat muhojirlari uchun yangi shartlar joriy etishni taklif qildi

Rossiyada o‘z ixtisosligi bo‘yicha ishlamagan migrantlardan mamlakatni tark etish talab qilinishi mumkin. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.

Rossiya Mehnat vazirligi tegishli qonun loyihasi tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Hujjat hukumatning strategik majlisi yakunlari bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, ish beruvchilarning migrantlarni tanlashini rag‘batlantirishga va ustuvor ishga qabul qilish konsepsiyasini mustahkamlashga qaratilgan.

Ta’kidlanishicha, bu migrant Rossiyaga kelganida, masalan, uni yollash xarajatlari, jumladan, aviachiptalar narxini o‘z zimmasiga olgan qurilish kompaniyasida ishlashdan bosh tortishi va ish joyini kuryerlik xizmatiga almashtirish holatlarini bartaraf etadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!