menu
Rim papasi Ukrainani “oq bayroq ko‘tarish”ga chaqirdi. Zelenskiy unga javob qaytardi
“Bayrog‘imiz ko‘k va sariq rangda. Uning ostida biz yashaymiz, o‘lamiz va g‘alaba qozonamiz. Boshqa bayroqlarni ko‘tarmaymiz” — ta’kidladi Ukraina tashqi ishlar vaziri

Rim papasi Fransisk Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha “oq bayroq ko‘tarish va muzokaralar olib borish”ga chaqirdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur chaqiriqqa javob qaytardi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Rim papasi “Ukrainada ba’zilar jasorat topib, taslim bo‘lishga, oq bayroq ko‘tarishga chaqirayotgani” haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

“Menimcha, vaziyatni ko‘rgan, xalqni o‘ylaydigan, muzokaralar olib borish uchun oq bayroq jasoratiga ega bo‘lgan kishi kuchliroqdir. Bugun esa xorijiy kuchlar yordamida muzokaralar olib borish mumkin. Muvaffaqiyatsizligingiz, ishlar yaxshi ketmayotganini ko‘rsangiz, muzokaralar olib borish uchun jasoratga ega bo‘lishingiz kerak.

Sizga uyatli bo‘lishi mumkin, lekin buning oxiri qancha o‘lim bilan tugaydi? O‘z vaqtida muzokaralar olib boring, qandaydir vositachi davlatni qidiring. Bugun, masalan, Ukrainadagi urushda vositachi bo‘lishni xohlaydiganlar ko‘p. Buning uchun Turkiya o‘zini taklif qildi va boshqalar ham. Vaziyat yomonlashmasdan oldin muzokara qilishdan uyalmang”, — degan Rim papasi.

Zelenskiy munosabati

Ukraina prezidenti Rossiyaning keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan keyin nasroniylar, musulmonlar va yahudiylar Ukrainani himoya qila boshlaganini aytdi. U frontda askarlar bilan birga bo‘lgan, ularni ibodat, so‘z va amal bilan qo‘llab-quvvatlayotgan har bir ukrainalik ruhoniyga minnatdorlik bildirdi.

Ukraina TIV munosabati

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba “Eng kuchli shaxs yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurashda ezgulik tarafini olgan va muzokaralar deb atab, ularni tenglashtirishga urinmaydigan odam” ekanini aytdi.

Kuleba Vatikanning Ikkinchi Jahon urushi davridagi pozitsiyasiga ham ishora qildi, o‘shanda Papa Piy, ba‘zi tarixchilar fikriga ko‘ra, natsistlar tomonidan yahudiylarning ommaviy o‘ldirilishi haqida bilgan, ammo hech narsa qilmagan.

Ayrim xorijiy yetakchilar ham Fransiskning so‘zlariga munosabat bildirgan. Aholisi asosan katoliklar bo‘lgan Polsha tashqi ishlar vaziri nega papa Vladimir Putinni Rossiya armiyasini Ukraina hududidan olib chiqish uchun jasoratga ega bo‘lishga chaqirmayotganini so‘ragan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!