9
qarashlar
qarashlar
Mansabdorlarni korrupsiyadan uzoqlashtirishning yangi usuli haqida ma’lumot berildi
Qozog‘istonda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun amaldorlar tergov izolyatorlari va qamoqxona kameralariga ekskursiyaga olib boriladi. Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rasmiy vakili Arman Tleukenov davlat xizmatchilarini korrupsiyadan uzoqlashtirishning yangi usuli haqida gapirdi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.
Shuningdek, Tleukenov Qozog‘istondagi davlat xizmatchilari va kvazi-davlat kompaniyalari xodimlari “qamoqxonalarda bo‘lish og‘irligini his qilishlari” hamda korrupsiya va boshqa jinoiy huquqbuzarliklar oqibatlari haqida ko‘proq ma’lumot olishi uchun ekskursiyalar o‘tkazishga qaror qilganliklarini ta’kidladi.
Comments
0 comment