52
qarashlar
qarashlar
Ushbu lavozimni Qorao‘zak tumani hokimi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Quanishbay Azerbayev egalladi
O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘iga asosan Quanishbay Azerbayev Qoraqalpog‘iston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar u Qorao‘zak tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2023-yilning fevralidan buyon ushbu lavozimda Sag‘indiq Turmanov ishlab kelayotgandi. U 2024-yilning yanvarida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Comments
0 comment