qarashlar
Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni Qo‘shma Shtatlarga qonuniy yo‘l bilan borishga chaqirdi.
Qayd etilishicha, 3-mart kuni Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonga navbatdagi repatriatsiya reysini amalga oshirib, AQSHda qolishga qonuniy ruxsati bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolarining katta qismini qaytargan. Bu parvoz O‘zbekiston fuqarolarining AQSH—Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tishiga qarshi AQSH hukumati tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlarning so‘nggisi hisoblanadi.
AQSH hukumati Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan yaqin hamkorlikni davom ettirmoqda. Qo‘shma Shtatlar o‘z hamkorlari bilan xavfsiz, tartibli va insonparvar migratsiya jarayonlarini tatbiq etgan holda, Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaganlarni deportatsiya qilish ishlarini davom ettiradi.
2023-yilning 20-dekabrida AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 119 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgan edi. Shu yilning fevral oxirlarida esa AQSHga San-Diego orqali 2500 dan ortiq o‘zbekistonlik noqonuniy kirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Comments
0 comment