11
qarashlar
qarashlar
Respublikaning besh viloyatida qor yog‘ishi prognoz qilingan. Hozirda Bishkekda harorat +13 darajani tashkil qiladi
Qirg‘izistonda yaqin kunlarda havo keskin soviydi. Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi 13—15-mart kunlari bo‘ron kuzatilishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Chuy, Talas, O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlarida yomg‘ir, qor yog‘ishi, shamol kuchayishi kutilmoqda. 13—15-mart kunlari uchun prognoz:
Taqqoslash uchun, 11-mart, bugun Bishkekda harorat +13 darajani tashkil qilmoqda.
Avvalroq Qozog‘istonda ham harorat -20 darajaga tushib ketishi ma’lum qilingandi. 11-mart kuni Ostonada qor yog‘ishi kutilmoqda. 14-mart kuni shaharda o‘rtacha havo harorati 12 daraja sovuq, maksimal -8 va minimum -20 darajagacha tushishi mumkin.
Comments
0 comment