menu
Putin Kiyevni terrorchilik usullaridan foydalanganlikda aybladi
“Ukrainaliklar tinch shaharlarni o‘qqa tutish, davlat amaldorlariga suiqasd uyushtirish, qo‘poruvchilik va teraktlar ijrochilarini yollashdan foydalanmoqda”, — dedi Rossiya prezidenti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina hukumati terrorchilik usullarini — tinch shaharlarni o‘qqa tutish va hukumat amaldorlariga suiqasd qilishni boshlaganini aytdi. Kiyev G‘arb davlatlari ko‘magida ulardan foydalanmoqda, dedi Putin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb davlatlari avvalroq radikal terrorchi guruhlardan foydalangan, shuningdek, ularning Rossiyaga qarshi tajovuzkorligini rag‘batlantirgan. Vladimir Putin mart oyi boshida Moskvadagi elchixonalar vakillari tomonidan e’lon qilingan Rossiyada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan teraktlar haqidagi ogohlantirishlarni “to‘g‘ridan to‘g‘ri shantaj, jamiyatni qo‘rqitish va beqarorlashtirish niyati” deb atadi.

Prezident FSBga terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishni buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb razvedka xizmatlari yetarlicha axborot, texnik va moliyaviy imkoniyatlarga ega.

Mart oyi boshida Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev G‘arb davlatlari rahbarlarini terrorchilarning sheriklari deb atagan edi. Uning ta’kidlashicha, yevropalik va amerikalik siyosatchilar Rossiya hududiga bostirib kirishga urinayotgan sabotajchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!