menu
Polsha o‘z hududidagi AQSH askarlari sonini 100 mingga oshirish imkoniyatini e’lon qildi
Avvalroq AQSHning Varshavadagi elchisi Mark Bjezinski “Polsha NATOda muhim rol o‘ynab, alyansning sharqiy qanoti xavfsizligini taʼminlashga yordam beradi”, degandi

Polshadagi amerikalik askarlarning kontingenti 100 ming kishigacha oshirilishi mumkin. Bu haqda Polsha armiyasi bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari, general Karol Dimanovskiy ma’lum qildi.

“Amerika askarlari Polshada anchadan beri mavjud. Ularning soni bir necha ming nafar. Ular biz bilan muntazam mashg‘ulot o‘tkazishadi... Ularning sonini 100 mingga yetkazish mumkin. Bu NATOning Vilnyusdagi so‘nggi sammitida ma’qullangan”, — dedi Polsha Bosh shtabi vakili.

U “NATO askarlari xavf ostida qolgan davlatga urush boshlanishidan oldin yetib boradi”, deya qo‘shimcha qildi. Shuningdek, Karol Dimanovskiy yaqinda NATOning juda yuqori tayyorgarlikdagi qo‘shma ishchi guruhi tarkibida 40 ming askar bo‘lganini, hozir ularning soni 300 mingga yetganini taʼkidladi.

Avvalroq AQSHning Varshavadagi elchisi Mark Bjezinski Polshada 10 ming amerikalik askar joylashganini aytib, “Polsha NATOda muhim rol o‘ynab, alyansning sharqiy qanoti xavfsizligini taʼminlashga yordam beradi”, — degan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!