menu
“Polsha har qanday holatda ham Ukrainaga qo‘shin yubormaydi” — Polsha rasmiysi
“Biz askarlarimizni urush zonasiga kiritishni rejalashtirmayapmiz, chunki Ukrainada Polsha qo‘shinlarining mavjud bo‘lishi, garchi u o‘quv maqsadlarida bo‘lsa ham, urushda qatnashish bilan barobar”, — degan mamlakat rasmiysi

12-mart kuni Polsha Mudofaa vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari Stanislav Vziatek Varshava har qanday sharoitda ham Ukrainaga qo‘shin jo‘natmasligi, hatto ukrainalik harbiylarni o‘qitish jarayonlarida ham qatnashmasligini maʼlum qildi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

“Biz askarlarimizni urush zonasiga kiritishni rejalashtirmayapmiz, chunki Ukrainada Polsha qo‘shinlarining mavjud bo‘lishi, garchi u o‘quv maqsadlarida bo‘lsa ham, urushda qatnashish bilan barobar”, — degan mamlakat rasmiysi.

Avvalroq Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga qo‘shin kiritish haqidagi tashabbusini yuqori baholaganini maʼlum qilgandi. Biroq Polsha Mudofaa vazirligi Varshavaning Ukrainaga qo‘shin kiritish niyati yo‘qligini bir necha bor taʼkidlagan.

Oldinroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron NATO ittifoqchilari o‘rtasida Parijda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda quruqlikdagi qo‘shinlarni Ukrainaga yuborish imkoniyati muhokama qilinganini aytgan edi. Fransiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu borada umumiy konsensusga erishilmagan, ammo kelajakda Ukrainaga NATOning to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvini istisno etib bo‘lmaydi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!