qarashlar
Qirg‘izistondagi O‘zbekiston bilan hamkorlikda ishga tushirilgan avtomobil zavodida Matiz va Nexia kabi modellar ishlab chiqarilmaydi. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi sanoat boshqarmasi bosh mutaxassisi Eldos Sagimbayevga tayanib, “Tazabek.kg” xabar berdi.
Sagimbayevning so‘zlariga ko‘ra, zavodda ishlab chiqariladigan eng arzon avtomobil taxminan 11,5-12 ming dollarlik Chevrolet Cobalt’dir. Undan keyingi o‘rinda Chevrolet Onix (15-16 ming dollar) va Tracker (jihozlanishiga qarab 18-22 ming dollar) turibdi.
Shuningdek, mutaxassis tez orada Isuzu yengil avtomobillari, yo‘ltanlamas, pikap va avtobuslar ishlab chiqarilishini aytdi.
18-iyul kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tulpar Motors avtomobil zavodi faoliyatiga start berdi. Chuy viloyatining Oqsuv qishlog‘idagi zavod maydoni 47 ming kvadrat metrni tashkil etadi va General Motors ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanadi.
Comments
0 comment