menu
O‘zbekistonning 2016–2023-yillarda aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsuloti qanday o‘zgardi?
Statistika agentligi 8 yillik ko‘rsatkichlarni taqdim etdi

Statistika agentligining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, oxirgi 8 yil ichida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti va uning aholi jon boshiga hisoblangan ulushi o‘zgarib bordi.

Hisob kitoblarga ko‘ra, 2016-yilda mamlakatda aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsuloti hajmi 8 million so‘m (2 704 dollar) bo‘lib, 2015-yildagiga nisbatan 4,1 foizga o‘sgan. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 9,8 million so‘mni (1 914 dollar) tashkil etib, avvalgi yildagiga qaraganda 2,7 foizga oshgan.

Qolgan yillarda aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan YIM ko‘rsatkichlar quyidagicha:

Maʼlumot uchun, o‘tgan yili O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 6 foiz o‘sib, 90,9 milliard dollarga (o‘rtacha almashuv kursi 11,737 so‘m) yetgan. Respublika YIM hajmi 2020-yilda 60,2 milliard dollarni, 2021-yilda 69,6 milliard dollarni, 2022-yilda 81,1 milliard dollarni tashkil etgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!