menu
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida havo harorati 12 darajagacha soviydi
Ayrim joylarda shamol tezligi 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin

“O‘zgidromet” 26-28-fevral kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26-fevralda baʼzi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 26-27-fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 28-fevralda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 27-fevralda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26-fevralda baʼzi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 26 va 28-fevralda 2-7 daraja iliq, 27-fevralda 0-5 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida 26-27-fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 28-fevralda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 26-27-fevralda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 28-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 26-fevralda baʼzi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 26-fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 27-fevralda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 28-fevralda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja  iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekistonning ayrim hududlarida 24-fevral kuni qor yog‘ishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!