qarashlar
“Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, elektrotexnika sanoatini 2025–2027-yillarda rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
2025-yil 1-fevraldan quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi:
Shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarning va davlat organlarining ma’muriy bino-inshootlarini, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini qurish bo‘yicha xarid qilish hujjatlariga quyidagi talablar kiritiladi:
Ishlab chiqaruvchilar ekotizimida savdolar davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida elektron do‘kon tartib-taomillari asosida, shartnoma qiymati bilan bog‘liq cheklovlarsiz o‘tkaziladi, bunda ofertalar mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.
O‘zbekistonda elektrotexnika sohasi
Bu sohaning sanoatdagi ulushi 3,5 foiz, tovarlar eksportida 10 foizni tashkil etadi. O‘tgan yili 31 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan,1 milliard 300 million dollar eksport qilingan. 516 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib, 85 ta yangi korxona ishga tushgan. Bu sohada 27 mingdan ziyod fuqaro ishlamoqda.
2024-yil 5-sentyabrda bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida sohada natijadorlikni oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan edi. Shunga asoslanib, joriy yilda qator vazifalar belgilab olingan. Yig‘ilishda prezident elektrotexnika eksporti 1 milliard dollarga yetgani, to‘qimachilikdan keyingi ikkinchi mahalliy sanoat tarmog‘iga aylanganini ta’kidlagandi.
Davlat rahbari 11-yanvar kuni elektrotexnika sohasidagi natijalar va galdagi vazifalarga oid taqdimot bilan tanishgandi. Unda tadbirkorlarga texnoparklar hududida tayyor bino qurib, elektrotexnika va turdosh soha korxonalariga sotishga ruxsat berish mo‘ljallanayotgani aytilgandi. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarni uch yil muddatga foyda va mol-mulk solig‘idan ozod qilish taklif etilmoqda.
Comments
0 comment