qarashlar
O‘zbekistonda daraxt kesganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish ko‘zda tutilgan qonun 2024-yil 1-martdan kuchga kirdi. Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 79-moddasiga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollar qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazganlik uchun:
Shu bilan birga, xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo‘lgan ashyo yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosi musodara qilinib, fuqarolarga BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha, ya’ni 17 million so‘mdan 25 million 500 ming so‘mgacha (shu paytga qadar BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha edi), mansabdorlarga esa BHMning 75 baravaridan 100 baravarigacha, ya'ni 25 million 500 ming so‘mdan 34 million so‘mgacha (shu paytga qadar BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha edi) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan mansabdorlar BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha, ya’ni 17 million so‘mdan 25 million 500 ming so‘mgacha jarimaga tortiladi.
2023-yilning avgustida prezident parlament tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullangan daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarimalarni oshirish ko‘zda tutilgan qonunni rad etgandi.
Unda daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va yosh nihollarni noqonuniy kesish, ildizi bilan sug‘urib olish, shikastlash, nobud qilish yoki ko‘chirib o‘tkazish uchun fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (amalda 5 baravaridan 10 baravarigacha edi), mansabdor shaxslar uchun esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (amalda 10 baravaridan 15 baravarigacha edi) jarima belgilanishi ko‘zda tutilgan edi.
Jarimalar miqdori oshirilgan yangi qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil noyabrida qabul qilinib, 20-dekabr kuni ma’qullangan.
Comments
0 comment