menu
O‘zbekistonda birja orqali xarid qilingan mis xomashyosi to‘lovlarini bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi
Bunda 30 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga foiz hisoblanmaydi

“Respublikada mis xomashyosini chuqur qayta ishlashni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori imzolandi, deb xabar beradi Norma.

Qayd etilishicha, mis xomashyosini chuqur qayta ishlash korxonalari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha komissiya tashkil etilmoqda. Komissiya birja savdolari orqali mis xomashyosini xarid qilayotgan mahalliy korxonalar faoliyatini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganadi:

O‘rganish natijalariga ko‘ra komissiya mis xomashyosidan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar ro‘yxatini tasdiqlaydi. Ro‘yxatga kiritilgan korxonalar mis xomashyosini xarid qilish uchun birja savdolarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Birja savdolari orqali xarid qilingan mis xomashyosi uchun to‘lovlarning 25 foizi bo‘nak tarzida, qolgan 75 foizi mis xomashyosi olinganidan so‘ng 90 kun ichida to‘lashga ruxsat beriladi.

Bunda mis xomashyosi uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan har bir kun uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar summasi quyidagicha belgilanadi:

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 1-apreldan kuchga kiradi.

Avvalroq O‘zbekistonda so‘nggi yillarda oltin ishlab chiqarish hajmi 23 foiz, mis 41 foiz, kumush 60 foizga oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!