menu
O‘zbekiston Turkmanistondan 22,2 mln kVt/soat elektr energiyasi import qildi 
25-fevralda isteʼmolchilarga rejadagiga nisbatan 5 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berildi

O‘zbekistonda 25-fevral kuni isteʼmolchilarga rejadagiga nisbatan 5 foiz ko‘p elektr energiyasi (235,9 mln kVt/soat) yetkazib berilgani maʼlum bo‘ldi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev maʼlum qildi. 25-fevral kuni Turkmanistondan 22,2 million kVt/soat elektr energiyasi import qilindi.

Qishning sovuq kunlarida magistral gaz quvurlarida gaz bosimining keskin tushib ketgani hamda aholi isteʼmolchilarida elektr energiyasiga nisbatan talabning oshib borishi tufayli 25-fevral kuni ham mamlakat bo‘ylab asosan kunning tig‘iz vaqtlarida 600 MVtgacha cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘lindi.

Gaz bosimi odatdagidan ko‘ra past ekaniga qaramay, kecha uning isteʼmoli avvalgi kunlardagidan ko‘ra ortib, 157,2 million kubometrni tashkil qildi. 25-fevral kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yurtimizdagi barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga 1 ming 73 tonna avtobenzin yetkazib berildi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!