qarashlar
Ijtimoiy tarmoqlarda avvalroq Rossiya fuqarosi deb taxmin qilingan shaxsning o‘zbeklarga nisbatan shovinistik va ochiq haqoratomuz bayonotlari aks etgan video tarqalgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxanov ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Burxanov shu munosabat bilan OAV va bloglar olami vakillarini tasdiqlanmagan materiallarni tarqatmaslikka chaqirib, vazirlik hamkorlikka doim ochiqligini ta’kidladi:
Matbuot kotibining qayd etishicha, vazirlik tomonidan axborot maydoni muntazam ravishda kuzatib borilmoqda. Xususan, ushbu video internetda topilishi bilanoq Rossiya tomoniga diplomatik kanallar orqali zudlik bilan murojaat qilingan.
Rossiya tomonining xabar berishicha, videoda tilga olingan shaxs Rossiya fuqarosi emas. Hozirda Rossiyaning rasmiy OAVlari ham bu borasida qator materiallarni eʼlon qilmoqda.
Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarovaga ko‘ra, FXX mazkur erkakning shaxsini aniqlagan: u Nikolay Nikolayevich Kochmarik. Bayonotda u ukrainalik ekani iddao qilingan.
Comments
0 comment