qarashlar
O‘zbekiston Qozog‘iston hududi oqrali Rossiyadan tabiiy gaz importini qariyb to‘rt barobarga oshirish niyatida. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vazirligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 2026-yildan boshlab O‘zbekistonga gaz tranziti hajmini to‘rt barobarga — 11 milliard kub metrgacha oshirish rejalashtirilgan.
“O‘ztransgaz” Rossiyadan gaz importini oshirish maqsadida magistral gaz quvurlarini modernizatsiya qilish dasturini amalga oshiradi. Buni amalga oshirish uchun birinchi bosqichda 2024—2030-yillarda 500 million dollar ajratish rejalashtirilgan. Shu orqali tabiiy gaz qabul qilishni kuniga 32 million kub metrgacha oshirish ko‘zda tutilgan. Loyiha xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi.
“Gazprom” O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan 2024-yilda o‘rta muddatli 15 yillik shartnomalar tuzadi. MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitidan so‘ng Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari 26-dekabr kuni kechqurun Sankt-Peterburgda gaz sohasidagi hamkorlikni alohida muhokama qildi.
Comments
0 comment