menu
O‘zbekiston hududida ketma-ket ikkita zilzila qayd etildi 
Yerosti silkinishlarining episentri Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida joylashgan

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi O‘zbekiston hududida kuzatilgan zilzilalar to‘g‘risida ma’lumot berdi

Mahalliy vaqt bilan 7-mart soat 00:33 da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Episentr: Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani. Zilzila koordinatalari: 38,77 gradus shimoliy kenglik; 64,95 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 11 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 457 kilometr janubiy-g‘arbda.

Respublika hududida sezilish kuchi:

Shuningdek, xuddi shu vaqtda Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida yana bir yerosti silkinishi qayd etildi. Zilzila koordinatalari: 38,76 gradus shimoliy kenglik; 64,85 gradus sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

1-mart kuni Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 3,5 magnitudali zilzila kuzatilgandi. Undan oldin esa Xitoy—Qirg‘iziston chegarasida 22-yanvar va 30-yanvar kunlari sodir bo‘lgan zilzila kuchi ham O‘zbekistonda sezilgandi. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!