qarashlar
Los-Anjelesda “Oskar — 2024” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Uni to‘rtinchi bor komediya aktyori Jimmi Kimmel olib bordi.
Nomzodlar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni rejissyor Kristofer Nolanning “Oppengeymer” filmi egalladi (13 ta mukofot). Keyingi o‘rinlarda Yorgos Lantimosning “Sho‘rlik baxtsizlar” (11 ta), Martin Skorsezening “Gulli oy qotillari” (10 ta) va Greta Gervigning “Barbi” (8 ta) filmlari mukofotga sazovor kuchli to‘rttalikka kirdi.
Yilning asosiy kino mukofoti sovrindorlari:
Eng yaxshi kino — “Oppengeymer”
Bu yil mukofotlar soni bo‘yicha mutlaq yetakchi — ‘‘Oltin globus’’, BAFTA, Critics Choice Awards, Amerika Rejissyorlar va Prodyuserlar Gildiyasi mukofoti va ‘‘Oskar’’ olgan eng yaxshi film deb topildi. Tarixiy voqealarga asoslangan ushbu biografik film AQSH kino biznesini saqlab qolishga yordam berdi.
Boshqa nomzodlar:
Eng yaxshi rejissyor
Kristofer Nolan, “Oppengeymer”
Amerikalik rejissyor Kristofer Nolan o‘zining ko‘p yillik ish faoliyati davomida 2024-yilda ilk bor rejissyorlik ‘‘Oskar’’ini qo‘lga kiritdi. Kinematograflar va butun dunyo bo‘ylab muxlislar uning filmini eng yaxshi asar sifatida birdek tan oldi. Bunga erishish uchun atom quroli yaratuvchisi haqidagi uch soatlik biografik film ustida uzoq yillik mehnat qilingan.
Boshqa nomzodlar:
Eng yaxshi aktyor
Killian Myorfi, “Oppengeymer”
Atom bombasini yaratuvchisi Robert Oppengeymerning roli Killian Myorfiga “Oskar” marosimida birinchi g‘alabasini keltirdi. Rejissyor Kristofer Nolan bilan ishlagan 18 yillik faoliyati davomida Killian 6 ta filmda suratga tushgan. “Oppengeymer” filmi esa irlandiyalik aktyorga o‘zining ilk “Oskar”ini berdi.
Boshqa nomzodlar:
Eng yaxshi aktrisa
Emma Stoun, “Sho‘rlik baxtsizlar”
Bella Bakster roli aktrisa Emma Stounga to‘rtinchi aktyorlik nominatsiyasini va ikkinchi bor “Eng yaxshi aktrisa” unvonini keltirdi. Ilgari Emma Stoun “La La Land” musiqiy filmidagi roli uchun ham “Oskar” olgan edi.
Aktrisaning rollarga dadil yondashuvi uni zamonaning eng noyob va serqirra aktrisalaridan biriga aylantirdi. “Sho‘rlik baxtsizlar” filmida u tug‘ilmagan chaqalog‘ining miyasi ko‘chirib o‘tkazilgan ayol rolini mahorat bilan ijro etgan.
Boshqa nomzodlar:
Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor
Kichik Robert Dauni, “Oppengeymer”
Marvel kino olamida Temir odam sifatida mashhurlikka erishgan aktyor bir kun kelib tarixiy film uchun “Oskar” sovrindori bo‘lishi kutilmagan voqea bo‘ldi. AQSH Atom energiyasi bo‘yicha komissiya a’zosi Lyuis Shtrauss rolini Robert Dauni katta mahorat bilan ijro etdi.
Boshqa nomzodlar:
Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa
Davayn Joy Rendolf, “Tashlab ketilganlar”
Ushbu mukofotni aktrisa Vyetnam urushida o‘g‘lini yo‘qotgan maktab oshpazi roli uchun qo‘lga kiritdi. Joy Rendolfning ekrandagi qisqagina chiqishi ham hech kimni befarq qoldirmadi. Aktrisaning Sem Levinsonga tegishli “Idol” filmidagi ijrosi ham yuqori baholangan edi.
Boshqa nomzodlar:
Eng yaxshi operatorlik ishi — Xoyte Van Xoytema, “Oppengeymer”;
Eng yaxshi original ssenariy — “Qulash anatomiyasi”;
Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy — “Amerikacha uydirma”;
Eng yaxshi xalqaro film — “Manfaatlar hududi”;
Eng yaxshi animatsion film — “Bola va qush”;
Eng yaxshi hujjatli film — “Mariupolda 20 kun”;
Eng yaxshi original saundtrek — Lyudvig Goransson, “Oppengeymer”;
Eng yaxshi qo‘shiq — “What I was made for”, Billi Aylish — “Barbi” filmi;
Eng yaxshi montaj — Jennifer Leym, “Oppengeymer”;
Eng yaxshi ovoz — “Manfaatlar hududi”;
Eng yaxshi grim va pardoz ishi — “Sho’rlik baxtsizlar”;
Eng yaxshi badiiy rejissyor — Shona Hit, Keyms Prays — “Sho’rlik baxtsizlar”;
Eng yaxshi qisqa metrajli film — “Genri Shugarning ajoyib hikoyasi”;
Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — “Urush tugadi! Jon va Yoki musiqasidan ilhomlangan”;
Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film — “So‘nggi ta’mirlash ustaxonasi”.
Comments
0 comment