menu
“Oppengeymer” filmi rejissyor Kristofer Nolanga 72 million dollar foyda keltirdi
Forbes nashrining hisob-kitoblariga ko‘ra, Kristofer Nolan yilning eng ko‘p daromad olgan rejissyoriga aylangan

Amerika va Britaniya kinorejissyori Kristofer Nolan “Oppengeymer” filmi orqali 72 million dollar ishlab topdi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar bermoqda.

Filmdan kelgan foyda miqdorini Forbes nashri ekspertlari hisobladi, ammo ular soliqlarni inobatga olmagan. Foyda ichiga agent va advokat to‘lovlari ham kiritilgan.

Qayd etilishicha, Universal Pictures studiyasi Kristofer Nolan bilan “first-dollar gross” shartnomasini tuzgan. Unga ko‘ra, rejissyor “Oppengeymer” filmi namoyishi boshlanganda kassa tushumlarining 15 foizini olgan.

2024-yilda “Oskar” mukofotlari bo‘yicha mutlaq g‘olib bo‘lgan “Oppengeymer” filmining jahon premyerasi o‘tgan yili 21-iyul kuni bo‘lgandi. Bugungi kunga kelib, film 950 million dollardan ortiq daromad keltirdi va tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan biografik filmga aylandi.

Avvalroq Forbes jurnali “Avatar” filmi rejissyor Jeyms Kemeronga 95 million dollar daromad keltirgani haqida yozgan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!