14
qarashlar
qarashlar
“Biz Ukrainaga yevropalik askarlarni jo‘natmaymiz. Biz Rossiya va NATO o‘rtasida urush bo‘lishini istamaymiz va uning oldini olish uchun hamma narsani qilamiz”, — dedi Germaniya kansleri
Germaniya kansleri Olaf Shols Rimda bo‘lib o‘tgan Yevropa sotsialistlari partiyasining (PES) qurultoyida so‘zlagan nutqi chog‘ida Ukrainaga harbiylarni yuborishga qarshi chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Biz Ukrainaga yevropalik askarlarni jo‘natmaymiz. Biz Rossiya va NATO o‘rtasida urush bo‘lishini istamaymiz va uning oldini olish uchun hamma narsani qilamiz”, — dedi Shols.
Germaniya kanslerining so‘zlariga ko‘ra, NATO a’zolari urushayotgan tomonlardan biriga aylanmasligi kerak.
Avvalroq Shols Germaniya Ukrainaga qurol jo‘natishi, ukrainalik askarlarni o‘qitishi, ammo urushda bevosita ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi.
Comments
0 comment