menu
“Odamlar xafa bo‘lsa bo‘lsin, pulni bolangizga sarflang”.  Surxondaryo hokimi Rossiyada ishlab kelganlar dabdabali to‘y qilishini qoraladi
Ulug‘bek Qosimov bu haqda viloyatning Sariosiyo tumanidagi Tojikiston bilan chegarada joylashgan “Shoqishloq” mahallasi aholisi bilan muloqotda gapirgan

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘zbek migrantining Rossiyaga borib, yillab qora mehnat qilib, topib kelgan puliga dabdabali to‘y qilishini qoralab, farzandi kelajagi uchun sarmoya kiritmasligini qoraladi. 

Rossiyadan kelgan pulni yig‘ib-yig‘ib, besh ming dollar qilib olgach, nima qilamiz? Bitta to‘yxonani gaplashib, to‘y qilamiz. O‘sha besh ming dollarni bolasining o‘qishiga tiksin. To‘yni 200-300 dollarga o‘tkazib, qolgan pulni bolasining kelajagi uchun sarflasin. Ertaga o‘sha pul shunday qaytadi, — deydi hokim. 

“Daryo” jurnalisti tarmoqlarda tarqalgan videoga aniqlik kiritish maqsadida hokimlik axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatov bilan bog‘landi. 

Mas’ulninng bildirishicha, Ulug‘bek Qosimov bu haqida viloyatning Sariosiyo tumanidagi Tojikiston bilan chegarada joylashgan “Shoqishloq” mahallasi aholisi bilan muloqotda gapirgan. 

Rossiyaga borib, o‘lgudek ishlayapmiz, pulni jo‘natyapti, xotini yig‘ib turadi. Keladi, bitta uy quradi, bitta moshina oladi. Shartta to‘yni qilib, qaytib ketadi. U bola o‘qiyaptimi-o‘qimayaptimi hech kimning ishi yo‘q, — deydi Surxondaryo viloyati hokimi. 

Viloyat rahbari O‘zbekiston yoshlari bilimga chanqoqligini, o‘qib, o‘zgalarni ishlatish layoqatiga egaligini aytadi. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!