menu
Nodirbek Abdusattorov fevral so‘nggida boshlanadigan nufuzli turnirda ishtirok etadi 
Ushbu turnirning sovrin jamg‘armasi sir saqlanmoqda

Nodirbek Abdusattorov 27-fevral kuni boshlanib, 7-martgacha davom etadigan xalqaro Prague Masters turnirida ishtirok etadi. Chexiyaning Praga shahrida o‘tkaziladigan nufuzli turnirning sovrin jamg‘armasi sir saqlanmoqda. Nodirbekdan tashqari turnirda quyidagi shaxmat ustalari ishtirok etishadi: 

Turnirda ishtirokchilar barcha boshqa ishtirokchilar bilan bellashadi. Ushbu uchrashuvlarda eng ko‘p ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan shaxmatchi g‘olib bo‘ladi. 

Bundan oldingi turnirda amerikalik Rey Robson g‘alaba qozongan. U hozirda dunyo reytingida 39-o‘rinda bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 9-16-fevral kunlari Germaniyaning Gamburg shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Freestyle Chess G.O.A.T Challenge turnirida ishtirok etgan Nodirbek Abdusattorov  4-o‘rinni egallagan edi. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!