qarashlar
Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin marhum Aleksey Navalniy tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etganini aytdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Narishkinga marhumning o‘limiga G‘arbdagi biron bir kuchning aloqasi bormi degan savol berishdi.
Aleksey Navalniy o‘limi
Rossiyalik siyosatchi, Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy 16-fevral kuni koloniyada vafot etdi. Rossiya qamoqxona xizmatiga ko‘ra, u “sayrdan keyin o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan”. O‘limga dastlab tromb yorilgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Keyinchalik murdani yorib ko‘rish orqali bu aniq bo‘lishi ta’kidlangan.
Siyosatchining jasadi 24-fevralda onasiga topshirilgan. Moskvadagi Borisovskiy qabristonida 1-mart kuni Navalniyning dafn marosimi bo‘lib o‘tgan edi.
Muxolifatchining o‘limi tufayli AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Kanada Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi. Ro‘yxatlarga, xususan, Navalniy vafot etgan koloniya rahbarlari kiritilgan.
Comments
0 comment