qarashlar
Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ida O‘zbekistondagi eng baland tomosha charxpalagi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Charxpalakning balandligi 92 metr, jami 54 ta kabinaga ega. Bir paytning o‘zida 216 kishiga xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Foto: Oqilxon Mamajonov
Foto: Oqilxon Mamajonov
Foto: Oqilxon Mamajonov
Kabinalar 4 kishiga mo‘ljallangan, favqulodda holatlarda operator bilan bog‘lanish va havoni sovitish qurilmalariga ega. Ularning aylanish vaqti esa 20 daqiqadan ko‘proq.
Foto: Oqilxon Mamajonov
Foto: Oqilxon Mamajonov
Foto: Oqilxon Mamajonov
“Afsonalar vodiysi” bog‘ida tomosha charxpalagini o‘rnatish xarajatlari 1 million dollarni tashkil etdi. Charxpalak bir kunda o‘rtacha 8-10 ming kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Kirish chiptasi esa 35 ming so‘m etib belgilangan.
Foto: Oqilxon Mamajonov
Foto: Oqilxon Mamajonov
Foto: Oqilxon Mamajonov
Comments
0 comment