qarashlar
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukraina uchun qurol sotib olishga sarflashni taklif qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ursula fon der Lyayenga ko‘ra, Rossiyaning Yevropa Ittifoqida muzlatilgan aktivlarini Ukraina armiyasi ehtiyojlariga sarflash kerak.
Fevral oyi boshida Yevropa Ittifoqi yetakchilari Ukrainaga 2024-27-yillarda 50 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ajratish haqidagi qarorini tasdiqladi.
Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun paketni moliyalashtirish yo‘llaridan biri Yevropa davlatlarida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan keladigan daromad bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
Yaqinda Reuters o‘z manbalariga tayanib, Yevropa Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlarini musodara qilishi dargumonligi, chunki yevropalik amaldorlar bu fikrni huquqiy nuqtai nazardan “o‘ta xavfli” deb hisoblayotganini yozgandi.
Belgiya allaqachon Rossiya aktivlarini saqlashdan soliq oladi. Oktyabr oyida mamlakat bosh vaziri shu yo‘l bilan 1,7 milliard yevro olinganini, bu mablag‘ Ukrainani harbiy texnika va gumanitar maqsadlar bilan ta’minlashga sarflanishi kerakligini aytgandi.
Comments
0 comment