menu
Mo‘g‘ulistonda 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Zilzila episentri Chuluut qishlog‘idan taxminan 26 km janubi-sharqda va Baykalning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Xubsugul ko‘lidan taxminan 336 km janubda joylashgan

Bugun 3-mart kuni Mo‘g‘ulistonning g‘arbiy qismida, Rossiya bilan chegaradan taxminan 340 km uzoqlikda 5,8 magnitudali zilzila qayd etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila episentri Chuluut qishlog‘idan taxminan 26 km janubi-sharqda va Baykalning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Xubsugul ko‘lidan taxminan 336 km janubda joylashgan. 

Episentrdagi silkinishning intensivligi MSK-64 shkalasi bo‘yicha 7,6 ballni tashkil etdi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, Yevrosiyo va Amur tektonik plitalari ajralib turadigan Baykal rift zonasi uzunligi taxminan 2 ming km ni tashkil qiladi. Uning markaziy qismida Baykal ko‘li, janubi-g‘arbiy qismida — Xubsugul ko‘li (Mo‘g‘uliston), shimoli-sharqda — Baykal-Amur magistral (BAM) o‘tadigan tog‘li hudud mavjud.

2020—2022-yillarda Baykal yaqinida seysmik faollikning oshishi kuzatildi, keyin 2023-yil oxirida biroz pasayishdan keyin ushbu zonada bir nechta kuchli zilzilalar qayd etilgandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!