menu
MLS. “Inter Mayami” yutqazib qo‘ydi
Ushbu o‘yinda Suares va Buskets ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi

MLS chempionatidan o‘rin olgan “Inter Mayami” va “Monreal Impekt” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 11-mart tongida bo‘lib o‘tdi.


Unda Messi jamoadoshlari 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvning 13-daqiqasida mehmonlar vakili Alvarez Amador hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 71-daqiqasida Kampana hisobni tenglashtirdi. Kokkaro va Sunusining gollari hisobni 1:3 shakliga keltirdi.

Alba 80-daqiqada hisobni 2:3 ko‘rinishiga olib keldi. Ushbu hisob o‘yin so‘nggigacha saqlanib qoldi. 


Ushbu o‘yinda Suares va Buskets ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi, Messi esa qaydnomaga kiritilmadi. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!