qarashlar
Misr hukumati tomonidan С gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400 mg” dori vositasining navbatdagi partiyasi 2-mart kuni O‘zbekistonga yetkazib berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona “Sofosbuvir-400 mg” dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo‘lgan jami 800 ming dona C gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir”, B gepatitiga qarshi “Entekavir” dori vositalarining berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
Hozirgi kunga qadar vazni 13,4 tonnaga teng bo‘lgan mazkur dori vositalari Misrdan mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.
Comments
0 comment