menu
Mbappe, Grizmann va Jiru Parij Olimpiadasida ishtirok etishi mumkin 
Tyerri Anri ushbu futbolchilarni tarkibga jalb qilmoqchi

Futbol bo‘yicha Fransiya Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Tyerri Anri Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada uchun yulduz futbolchilarni tarkibga jalb qilmoqchi.

Kilian Mbappe, Antuan Grizmann va Olivye Jiru 2024-yilgi Olimpiadada ishtirok etishi mumkin.

Qoidaga ko‘ra, Olimpiya jamoalari 23 yoshdan katta bo‘lmagan futbolchilardan iborat bo‘ladi. Faqatgina 3 nafar 23 yoshdan katta futbolchini tarkibga kiritish mumkin.

 Anri Parijda o‘tadigan turnirga Mbappe (25 yosh, “PSJ”), Grizmann (32 yosh, “Atletiko”) va Jiruni (37 yosh, “Milan”) kabi futbolchilar ishtirok etishini xohlamoqda. 

Kilianning o‘zi ham Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishni maqsad qilganini ma’lum qilgandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!