menu
Maktablarda bahorgi taʼtil 21-martdan boshlanadi
To‘rtinchi chorak darslari 28-martdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilarining bahorgi taʼtili 21-mart kunidan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, mamlakatdagi umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari uchun bahorgi taʼtil 2024-yil 21-mart kunidan boshlanadi. Taʼtil 27-mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi.

To‘rtinchi o‘quv chorak darslari 2024-yil 28-mart kunidan boshlanadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!