10
qarashlar
qarashlar
Bu haqda viloyat rahbari madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvida gapirgan
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Bekobod tumanidagi “Istiqlol” va “Bahor” madaniyat markazlari 10 yildan beri qarovsiz yotganini, bu yerga hech kim kirib-chiqmasligini, ammo shtatlar borligi, xodimlari oylik olayotganini aytdi. Bu haqda viloyat rahbari madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvida gapirgan.
Zoir Mirzayev qarovsiz madaniyat markazlari ayni kunda foydalanilmayotgan bo‘lsa-da, bu yerda ishlovchilar borligini, hozirgi kungacha maosh olinayotganini bildirdi.
Hokim qarovsiz va xaroba bo‘lib yotgan madaniyat markazlarini ishga tushirish, u yerga aholini jalb qilish haqida gapirar ekan, mas’ullar “open budjet” loyihasi orqali bo‘lsa-da, madaniyat markazlarini ta’mirlashga erishishlari kerakligini uqtirgan.
Comments
0 comment