menu
Lukas Vaskes mashg‘ulotda jarohat oldi
Futbolchi sonining orqa qismini shikastlab olgan

“Real Madrid” yarim himoyachisi Lukas Vaskes mashg‘ulotlar chog‘ida jarohat oldi.

Maʼlum qilinishicha, futbolchi sonining orqa qismini shikastlab olgan. 

Bugun u tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi, shundan so‘ng jarohat qanchalik jiddiy ekanligi maʼlum bo‘ladi.

Maʼlumot uchun, Vaskes joriy mavsum La Ligada 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!