menu
Konor Makgregor 2024-yilning oxiriga qadar nechta jang o‘tkazishini ma’lum qildi 
“Oktagondagi faoliyatimni tugatishga hali ancha bor”, — deydi irlandiyalik jangchi

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 2024-yil oxiriga qadar 2 ta jang o‘tkazishni maqsad qilgan.

“Faoliyatimni Hollivudda davom ettiramanmi? Balki, kelajak uchun menda takliflar bor, ammo hozir...

Bo‘lajak jangimning sanasi aniq, menimcha. Yil oxirigacha 2 ta jang o‘tkazmoqchiman. Oktagondagi faoliyatimni tugatishga hali ancha bor”, — dedi irlandiyalik sportchi.

Avvalroq, Konor UFC 300 turnirida jang qilishni istayotgani ma’lum qilingandi

Eslatib o‘tamiz, Makgregor so‘nggi jangini 2021-yil iyul oyi Dastin Poryega qarshi o‘tkazib, oyog‘ini sindirib olgandi. Porye texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!