menu
Kamala Xarris AQSH nomidan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
“Isroil hukumati G‘azoga kirayotgan yordam oqimini sezilarli oshirishga imkon berishi kerak. Bu borada hech qanday bahona o‘tmaydi”, — degan vitse-prezident

AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris 3-mart kuni G‘azoga ko‘proq insonparvarlik yordami yetkazilishi kerakligini aytib, mintaqadagi fuqarolar g‘ayriinsoniy sharoitlarda kun kechirayotganini maʼlum qildi. O‘z nutqida AQSH rasmiysi Isroilni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan. Bu haqda CNN xabar berdi.

Kamala Xarrisning bu so‘zlari AQSHning G‘azodagi vaziyatni hal qilishga urinishlarini kuchaytirishga turtki bergan. Hukumat tinchlikka erishishning bir qancha muqobil variantlari ustida ish olib borayotgani maʼlum qilingan.

“Isroil hukumati G‘azoga kirayotgan yordam oqimini sezilarli oshirishga imkon berishi kerak. Bu borada hech qanday bahona o‘tmaydi”, — degan vitse-president Xarris.

Kamala Xarris, shuningdek, prezident Jo Baydenning olti haftalik o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarini takrorlab o‘tgan. Bu taklif HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azoga gumanitar yordamni ko‘paytirishni nazarda tutadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!