qarashlar
Dunyoning 123-raqamli tennischisi Luka Nardi Indian-Uellsdagi “Masters” musobaqasining uchinchi bosqichida dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovichdan ustun keldi – 6:4, 3:6, 6:3.
Nardi birinchi marta reytingning kuchli 10 ligidagi raqibni mag‘lub etdi. Ushbu o‘yin oldidan u Indian-Uelsda musobaqasining ikkinchi davrasida dunyoning 50-raqamli tennischisi Chijen Channi mag‘lub etib, faoliyatidagi eng yaxshi g‘alabasini qo‘lga kiritgan edi.
Italiyalik Tomas Martin Etcheverri Jokovich bilan o‘yinga rad javobini berganidan so‘ng, Luka Nardi Indian-Uellsdagi asosiy bahslarga omadli mag‘lub sifatida kirgan edi.
Jokovich 2022-yil fevralidan buyon ilk marta kuchli 100 talikka kirmagan raqibiga yutqazdi.
Nardi “Masters”da Jokovichni mag‘lub etgan eng past reytingdagi tennischiga aylandi.
Italiyalik tennischi keyingi bahsda Tommi Pol bilan uchrashadi.
Comments
0 comment