menu
Italiyalik taniqli modelyer Roberto Kavalli vafot etdi
Kavalli Brijit Bardo, Sofi Loren, Kim Kardashyan va Jennifer Lopez kabi yulduzlar uchun kiyimlar yaratgan

Italiyalik mashhur modelyer Roberto Kavalli 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda tegishli manbalarga tayanib, BBC xabar berdi.

Italiyaning ANSA axborot agentligining xabar berishicha, u uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng Florensiyada uyida vafot etgan.

Kavalli 1940-yil 15-noyabrda Florensiyada tug‘ilgan. U charm ishlab chiqarish “sanoati” bilan bilan mashhur edi. Roberto 1970-yillarda o‘z kompaniyasiga asos solgan bo‘lib, Brijit Bardo, Sofi Loren, Kim Kardashyan va Jennifer Lopez kabi yulduzlar uchun obarazlar yaratgan.

1970-yilda o‘zining moda brendini ishga tushirgandan so‘ng, u tez orada innovatsion jarayon, teriga naqsh tushirishni ixtiro qilib, patentlagan. Kavalli 1972-yilda Fransiyaning Sen-Trope shahrida o‘zining “Limbo” nomli birinchi kichik do‘konini ochgan.

2005-yilda modelyer Playboy Bunnies’ning minimalistik formasini yangilashga taklif qilingan va hatto leopard tasvirida versiyani taqdim etgan.

Kavalli 2011-yilda Vogue jurnaliga bergan intervyusida uni o‘z dizaynlarida bunday tasvirlardan foydalanishga nima ilhomlantirgani haqida so‘rashganida: “Menga tabiat tomonidan yaratilgan hamma narsa yoqadi”, deya javob bergan.

Armani asoschisi Jorji Armani boshqalar qatori marhum dizayner o‘limi yuzasidan hamdardlik bildirib, uning “Toskana ilhomi”ni juda sog‘inishini aytgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!