menu
Islandiyada vulqon otilishi xavfi tufayli shahar aholisi evakuatsiya qilindi
Qutqaruvchilar voqea joyida ishlashni davom ettirib, hamma shaharni tark etgan yoki yo‘qligini tekshirmoqda

Islandiya hukumati mamlakat janubida vulqon otilishi xavfi tufayli Grindavik shahri aholisini evakuatsiya qildi, deya xabar berdi RUV telekompaniyasi. 

Mahalliy hokimiyat vakillarining aytishicha, evakuatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Qutqaruvchilar voqea joyida ishlashni davom ettirib, hamma shaharni tark etgan yoki yo‘qligini tekshirmoqda. Islandiya meteorologiya idorasi vulqon otilishi xavfini hisoblab chiqmoqda. Hozirgacha aholi punkti joylashgan Reykyanes yarimorolida bir necha bor zilzila sodir bo‘lgan.

Grindavikda vulqon otilishi sababli aholi yanvar oyida ham evakuatsiya qilingan edi. O‘shanda bir qator zilzilalar sodir bo'lishi bunday qaror qabul qilinishiga sabab bo‘lgan.

Grindavikdan yetti kilometr va Reykyavikdan taxminan 30 kilometr uzoqlikda Fagradalsfyadll vulqoni joylashgan. U 6 ming yil davomida harakatsiz deb hisoblangan. 2021-yil mart oyida vulqon otishni boshlagandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!