menu
Indamas qotil: ateroskleroz kasalligi necha yoshdan boshlanadi?
Xastalik yildan-yilga yosharib bormoqda, bu zamonaviy hayot tarzi bilan bog‘liq

Ateroskleroz — bu yog‘ va oqsil almashinuvining buzilishi natijasida vujudga kelib, arteriya ichki devorida yallig‘lanish, xolesterin yoki lipoprotein to‘planishi bilan kechadi. Qon tomirlarda bunday yog‘ to‘planishi tufayli tomirlar torayib boradi, qattiqlashadi, organlarga qon va kislorod yetkazib berish qiyinlashadi.

Aksariyat kishilar kasallik alomatlari yashirin bo‘lganligi sababli bundan bexabar qoladi. Aterosklerozni ilk bosqichlarda mustaqil aniqlashning aslo iloji yo‘q. Hech bo‘lmaganda yilda bir marta organizmni to‘liq tekshiruvlardan o‘tkazib turmaslik oqibatida kasallik og‘ir darajaga yetishi va yog‘ qatlamlari qon aylanishini to‘sib qo‘ygandagina undan boxabar bo‘lish mumkin.

Ateroskleroz bilan kasallanganlarning soni ularning yoshiga qarab ortib boraveradi, ya’ni bu kasallik ko‘proq qari kishilarga xosdir, lekin xastalik yildan-yilga yosharib bormoqda, bu zamonaviy hayot tarzi bilan bog‘liq.

Aterosklerozga chalinishning oldini olish uchun zararli odatlardan voz kechish talab etiladi:

Ateroskleroz rivojlanishining yana bir muhim xavf omili — bu stress. Asabiylik uzoq davom etsa organizmda adrenalin, norepinefrin va sitokinlar ko‘proq ishlab chiqiladi va dislipidemiya rivojlanish xavfi ortadi.

Kasallik hayotimizga quyidagicha tahdid soladi:

Agar sizda havo yetishmasligi, nafas qisilishi, yurak yoki oshqozon atrofida noqulaylik va og‘riq kuzatilsa, shifokor kardiologga murojaat qilishni tavsiya etamiz.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!