menu
“Iblis kometasi”: aprel oyida noyob astronomik hodisa kuzatiladi
Quyoshning to‘liq tutilishi paytida uning yaqinidan kometa uchib o‘tadi, ayrim mamlakatlarda buni kuzatish mumkin

Aprel oyida Quyoshning to‘liq tutilishi paytida uning “yaqinidan” kometa uchib o‘tadi. Bu haqda Live Science xabar berdi.

“Iblis kometasi” deb nomlanuvchi 12P/Pons-Bruks kometasi diametri taxminan 17 kilometrga teng va Quyosh atrofida har 71 yilda bir marta yuqori elliptik orbitada aylanadi. Quyoshga yaqinlashganda, uning muzli qobig‘i barqarorligini yo‘qotadi va kometa muz hamda gaz aralashmasi (kriomagma)ni kosmosga chiqaradi.

Dastlabki kuzatishlar davomida kriomagma otilishi shoxlarga o‘xshagani sababli astronomlar unga “Iblis kometasi” nomini bergan. 12P kometasi 24-aprel kuni Quyoshga maksimal darajada yaqinlashishi kutilmoqda, shundan so‘ng u teskari yo‘nalishda harakatlana boshlaydi. 

8-aprel kuni to‘liq quyosh tutilishi vaqtida kometa hatto havaskor teleskoplar va kuchli obyektivga ega kameralarda ham ko‘rinadi. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!