menu
Husiylar hujumidan keyin Qizil dengizda birinchi marta kema cho‘kib ketdi (video)
Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan kema 41 ming tonna o‘g‘it olib ketayotgan edi

Yaman husiylarining hujumidan keyin Qizil dengizda birinchi marta kema cho‘kib ketdi, u Britaniyaning Rubymar kemasi bo‘lgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Rubymar kemasiga hujum 18-fevral kuni Qizil dengizni Adan ko‘rfazi bilan bog‘lovchi asosiy suv yo‘li Bob al-Mandeb bo‘g‘ozida sodir bo‘lgan. Jiddiy zarar ko‘rganidan so‘ng, kema shimolga nazoratsiz suzgan va 1-mart kuni cho‘kib ketgan. Bunga noqulay ob-havo sharoiti va kuchli shamol sabab bo‘lgan.

Kema cho‘kib ketishidan oldin AQSH harbiylari bu atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazishidan ogohlantirgan. Rubymar 41 ming tonna o‘g‘it tashigan. Uning atrofida bir kilometr uzunlikda neft izlari paydo bo‘lgan. Kema ekipaji hujumdan so‘ng Afrikaning kichik davlati Jibutiga evakuatsiya qilingan.

Yaman husiylari Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi amaliyoti boshlanganidan keyin savdo kemalarini o‘qqa tuta boshladi. Qizil dengiz yo‘li Yevropa va Osiyoni bog‘lagani uchun hujum xalqaro savdoga katta zarar yetkazdi.

BMTning Savdo va taraqqiyot bo'yicha Butunjahon konferensiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi ikki oy ichida Suvaysh kanali orqali o‘tadigan savdo hajmi 42 foizga kamaygan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!