menu
Hayoti davomida 34 mingdan ko‘proq gamburger yegan 70 yoshli amerikalik Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi
U ilk gamburgerini 1972-yilda sotib olgan va keyinchalik butun hayoti davomida fastfud iste’mol qilib kelgan

70 yoshli Don Gorske butun hayoti davomida 34 mingdan ortiq Big Mak iste’mol qilgani uchun Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda kitobning rasmiy saytida ma’lumot berilgan.

Amerikalik Don jami 34 128 ta burger yegan bo‘lib, ulardan 728 tasi 2023-yilda sotib olingan. U ilk marta 1999-yilda Ginnes rekordlar kitobiga kirgan edi.

Birinchi burgerni u 1972-yil 17-mayda McDonald’sda sotib olgan:

Avvaliga u kuniga to‘qqizta burger iste’mol qilgan bo‘lsa, hozir u kuniga ikkitasini yeydi: birini tushlikda, ikkinchisini kechki ovqatda. U nonushta qilmaslikni afzal ko‘radi.

Rekordchining so‘zlariga ko‘ra, u 1973-yildan 1981-yilgacha onasining iltimosiga ko‘ra burgerdan boshqa mahsulotlar iste‘mol qilib keldi, ammo Gorske ortiq bunday diyetaga chiday olmadi. So‘ng yana faqat burgerlar bilan taomlanish odatiga qaytdi. Qiziqarlisi, Gorskening sog‘lig‘idan hech qanday shikoyati yo‘q. Ortiqcha vazn to‘plamaslik uchun u juda ko‘p piyoda yuradi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!