menu
Google’dan Meta’gacha: O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar bir yilda qancha soliq to‘ladi? 
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p

O‘zbekistonda 2023-yilda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 69,8 milliard so‘m soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Unga ko‘ra, 2023-yil yanvar—dekabr oylarida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 56 ta xorijiy kompaniya tomonidan 69,8 milliard so‘m soliq to‘langan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p. To‘langan soliqlarning 96,7 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

2020-yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksida “Google solig‘i” ko‘zda tutilgan. Oradan bir oy o‘tgach, Davlat soliq qo‘mitasi xorijlik internet kompaniyalari soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari uchun QQS-ofisini ochdi. Xorijiy internet-kompaniyalar 2021-yilda 15 milliard so‘mdan ziyod soliq to‘lagan bo‘lsa, 2022-yilning 11 oyi davomida qariyb 45 milliard so‘m soliq to‘lagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!