menu
“Gazpromneft”ning Markaziy Osiyodagi sho‘ba korxonalari AQSH sanksiyalariga uchradi
Sanksiyalar, xususan, 183 dan ortiq neft tankerlari, o‘nlab treyderlar, neft xizmatlari kompaniyalari, yuqori martabali amaldorlar hamda yirik korporatsiyalar rahbarlariga ta’sir ko‘rsatdi

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Rossiya energetika sektoriga qarshi eng yirik sanksiyalar joriy etilganini e’lon qildi.

Rossiyaning energiya resurslarini qazib olish, qayta ishlash va eksport qilish sohasidagi imkoniyatlarini cheklashga qaratilgan yangi choralar mamlakatda davom etayotgan jangovar harakatlar va neft qazib olishning o‘sishiga javob tariqasida joriy etildi.

Sanksiyalar 183 dan ortiq neft tankerlari, o‘nlab treyderlar, neft xizmatlari kompaniyalari, yuqori martabali amaldorlar va yirik korporatsiyalar rahbarlariga ta’sir ko‘rsatdi. Metallurgiya va tog‘-kon sanoati korxonalari ham cheklovlarga uchradi.

Cheklovlar Rossiya Energetika vazirligi o‘rinbosarlari Roman Marshovin va Eduard Sheremetsev, “Zarubejneft” rahbari, “Lukoyl” prezidenti va “Tatneft” bosh direktori, “Rosatom” bosh direktori, “Lukoyl” prezidenti, “Tatneft” bosh direktoriga qaratilgan.

Quyidagi kompaniyalar ham AQSH cheklovlariga uchragan:

Bayden ma’muriyati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu choralar Rossiyaning iqtisodiy ta’sirini jilovlash va uning harbiy harakatlarni moliyalashtirish qobiliyatini pasaytirishga qaratilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!