qarashlar
G‘azo sektorida ochlikdan halok bo‘lgan falastinliklar soni 20 kishiga yetdi. Bu haqda sektorning Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Al Jazeera xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 6-mart kuni G‘azo sektori shimolidagi Al-Shifo tibbiyot majmuasi va Kamol Advan kasalxonasida 15 yoshli bolakay va 72 yoshli erkak to‘yib ovqatlanmaslik va suvsizlanishdan vafot etgan.
U Isroil armiyasini “G‘azo shimolida och qolgan minglab odamlarni qasddan dahshatli qirg‘in qilishda” ayblab, BMTga “G‘azo shimolida insonparvarlik va sog‘liq bilan bog‘liq falokatning oldini olish uchun” shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.
G‘azo sektorida 7-oktyabrda boshlangan Isroil hujumlari oqibatida 30 700 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, 72 000 dan ortiq kishi jarohat oldi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil urushi G‘azo aholisining 85 foizini oziq-ovqat, toza suv va dori-darmonlarning keskin tanqisligi sharoitida ichki ko‘chishga majbur qildi, anklav infratuzilmasining 60 foizi shikastlangan yoki vayron bo‘lgan.
Comments
0 comment