menu
G‘azo bo‘yicha Qohiradagi muzokaralarda kelishuvga erishiladimi?  
Isroillik rasmiyga ko‘ra, hukumat muzokaralar uchun Qohiraga delegatsiya yubormaydi

Isroil Qohiraga o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azodan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar uchun delegatsiya yubormaydi. Bu haqda Isroil rasmiysiga tayanib CNN xabar berdi.

Rasmiyning aytishicha, bunga sabab HAMAS Isroilning ikkita talabini bajarmagan: tirik qolgan asirlar ro‘yxati; Isroil qamoqxonalaridan garovga olinganlar evaziga ozod qilinadigan falastinlik mahbuslar nisbatini tasdiqlash.

Rasmiy o‘z ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan. HAMAS delegatsiyasi 3-mart kuni  muzokaralar uchun Qohiraga yetib kelgan.

Isroil rasmiysiga ko‘ra, delegatsiyani jo‘natmaslik qarorini bosh vazir Benyamin Netanyaxu “Mossad” direktori Devid Barnea bilan kelishgan holda HAMAS shartlarga javob bermagani haqidagi xabarni olganidan keyin qabul qilgan.

Netanyaxu 29-fevralda qilgan chiqishida shartlarni bayon qilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!