menu
Garri Kasparov Rossiyadagi “terrorchilar” ro‘yxatiga qo‘shildi  
Rossiya IIV 2023-yil oxirida Kasparov Ukraina armiyasida jang qilayotgan rossiyalik ko‘ngillilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kimoshdi savdosi harakatlarida “jinoyat belgilari”ni topgan

Muxolifatchi va “Ozod Rossiya” forumi asoschisi, shaxmatchi Garri Kasparov Rossiyadagi “terrorchilar va ekstremistlar” ro‘yxatiga kiritilgan. Bu haqda Rosfinmonitoringga tayanib, Deutsche Welle xabar berdi.

Ro‘yxatga kiritilganidan so‘ng, banklar shaxmatchining hisoblariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishi va barcha mablag‘larni muzlatishlari lozim. Reyestr maʼlumotlariga ko‘ra, Kasparovga nisbatan terrorchilik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

2023-yil oxirida Rossiya Ichki ishlar vazirligi Kasparov va uning sherigi Ivan Tyutrinning Ukraina armiyasida jang qilayotgan rossiyalik ko‘ngillilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kimoshdi savdosi bilan bog‘liq harakatlarida “jinoyat belgilari”ni topgan. Kimoshdi savdosi Kasparov va Tyutrin 2016-yilda Rossiyadagi mavjud siyosiy rejimga intellektual muqobil yaratish maqsadida asos solgan “Ozod Rossiya forumi” tomonidan tashkil etilgan. 2023-yil fevral oyida Rossiya Adliya vazirligi forumni nomaqbul tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shgan.

Siyosatchi va jamoat arbobi Ivan Tyutrin ham 2024-yil fevral oyi oxirida Rosfinmonitoring “terrorchilar va ekstremistlar” ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!