menu
Gaitida qurolli guruhlar xalqaro aeroportni egallashga urindi (video)
Ularga qarshilik qilgan politsiya xodimlari va askarlar o‘qqa tutilgan. Bir kun oldin qurolli shaxslar 4 ming mahbusni qamoqdan chiqarib yuborgandi

Gaitida qurollangan shaxslar mamlakatdagi asosiy xalqaro aeroportni egallab olishga urindi. Hodisa payti politsiya bilan otishma sodir bo‘lgan. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Gaiti hukumati poytaxt Port-o-Prensda favqulodda holat e’lon qilib, komendantlik soati joriy qilgan.

Tussen Luvertyura xalqaro aeroportiga hujum rasmiylar Port-o-Prensda komendantlik soati eʼlon qilinganidan bir necha soat o‘tib sodir bo‘lgan. Hodisa yuz berganda aeroport yopilgan va yo‘lovchilar bo‘lmagan.

2-mart kuni qurolli shaxslar milliy qamoqxonaga hujum qilib, u yerdan 4 ming mahbusni chiqarib yuborgandi. Bu Gaiti bosh vaziri banditizmga qarshi kurashish uchun xalqaro kontingentni joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borish maqsadida Keniyaga borganidan ikki kun o‘tgach sodir bo‘ldi. “Barbekyu” laqabli bandit Jimmi Sherizye bosh vazir Ariye, Anriga qarshi urush e’lon qilgan.  U hujumlardan maqsad Gaiti politsiyasi boshlig‘i, hukumat vazirlarini qo‘lga olish va Anrini hokimiyatdan ag‘darish ekanini aytmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!