menu
Fevral oyida AQSHda iste’mol narxlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 foizga o‘sdi
Bu haqda AQSH Mehnat vazirligi tomonidan e’lon qilingan hisobotda aytiladi

Fevral oyida Amerika Qo‘shma Shtatlarda iste‘mol narxlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 foizga o‘sdi. Bu haqda AQSH Mehnat vazirligi ma’lum qildi.

Joriy yilning yanvar oyida bu ko‘rsatkich 3,1 foizni, 2023-yil dekabrda 3,4 foizni, noyabrda 3,1 foizni, oktyabrda 3,2 foizni, sentyabr va avgustda 3,7 foizni, iyulda 3,2 foizni, iyunda 3 foizni tashkil etdi. Oylik hisobda iste’mol narxlari fevral oyida 0,4 foizga oshdi.

Bir yildan ko‘proq vaqt davomida (2022-yil iyun oyida inflyatsiya 9,1 foizni tashkil etdi) Qo‘shma Shtatlarda narxlar so‘nggi to‘rt o‘n yillikdagi eng yuqori darajaga ko‘tarilganidan so‘ng barcha turdagi tovarlar va xizmatlar uchun inflyatsiya sezilarli darajada pasaydi.

Qo‘shma Shtatlardagi inflyatsiya mamlakatning markaziy banki bo‘lib xizmat qiluvchi Federal zaxira tizimining 2 foizlik ko‘rsatkichidan oshib ketdi. The Washington Post ta’kidlaganidek, 2023-yilda inflyatsiya “hamma kutganidan ham tezroq pasaydi”.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!